Bugun, 5-aprel kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Chirchiq shahar sudida Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi sobiq bosh shifokori Guljahon Yuldashova va boshqalarga nisbatan sud hukmi o‘qildi.
Unga ko‘ra, G. Yuldashovaga 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 4 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Shuningdek, jinoyat natijasida yetkazilgan moddiy zararni sudlanuvchilardan solidar tartibda undirish belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining sobiq bosh shifokori — viloyat bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldosheva fuqaro F. Rustamovning o‘limida hamda 250,8 mln. so‘m byudjet mablag‘larini rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda ayblanib, 2020-yil 8-sentyabr kuni hibsga olingan edi.