Toshkent viloyatida 8 oy davomida 300 nafardan ortiq qidiruvdagi shaxslar qoʻlga olingani ma’lum qilindi

  • 20:30 / 07.09.2021
  • 300

Toshkent viloyati hududida o‘tkazilgan jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlari himoya qilish, jinoyatga jazo muqarrarligini taʼminlashga qaratilgan keng qamrovli tezkor va profilaktik tadbirlar natijalari haqida viloyat IIBB ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning oʻtgan 8 oyi davomida Toshkent viloyat IIBB sohaviy xizmat xodimlari tomonidan firibgarlik, oʻgʻirlik, bosqinchilik va boshqa turdagi jinoyatlarini sodir etib, tergov va sud organlaridan yashiringan 300 nafardan ortiq qidiruvdagi shaxslar qoʻlga olinib, qonun ustuvorligi va qilmishga yarasha jazoning muqarrarligi taʼminlandi.

Bugungi kunda ham viloyat hududida jinoyatchilikni oldini ilishga qaratilgan “Tezkor qidiruv” tadbirlari davom ettirilmoqda.

Qayd etilishicha, kuni kecha, viloyat IIBB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan Boʻstonliq tumanida oʻtkazilgan tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etib, tergovdan yashiringan Qashqadaryo viloyatida yashovchi 1991 yilda tugʻilgan A.R. ushlangan va unga nisbatan eʼlon qilingan qidiruv toʻxtatildi.

Shuningdek, Yangiyoʻl shahrida tungi xizmatdagi PPX xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 273-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda boʻlgan, 1987 yilda tugʻilgan Surxondaryo viloyatida yashovchi O.G. aniqlanib ushlangan.

Toshkent tumanida ham viloyat IIBB 4-mintaqaviy hudud PPX xodimlari tomonidan xizmat davomida Jinoyat Kodeksi 169-moddasida koʻrsatilgan jinoyatini sodir etib, tergovdan yashirinib yurgan Jizzax viloyatida yashovchi 1986 yilda tugʻilgan B.M aniqlanib, ushlangan.

Bekobod tumanida oʻtkazilayotgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida JKning 169-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda boʻlgan 1967 yilda G.M. (ayol) 3-mintaqaviy hudud PPX xodimlari tomonidan aniqlanib, qidiruv to'xtatildi.

Shuningdek, tadbirlar davomida 44 nafar bedarak yoʻqolgan shaxslar aniqlangan va tegishli yordamlar koʻrsatilib, oilasiga qaytarilgan.