Toshkent viloyatida “Damas” yonib ketdi

  • 11:08 / 20.03.2020
  • 267

Joriy yilning 19-mart kuni soat 17:30 larda Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tumani hududidan o‘tuvchi “Toshkent-Nurafshon” avtomobil yo‘lida “Damas” avtomobili yonib ketdi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati Xabardor.uz ga ma’lum qildi.

Xabarda aytilishicha, ushbu “Damas” B.A. boshqaruvida bo‘lgan. Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar yetib kelishgan va yong‘in bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Transport vositasi saloni va texnik qismlari yonib ketgan. Yong‘in yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda, deyiladi xabarda.