Toshkent viloyatida Turkiya kompaniyasi bilan hamkorlikda 2ta IES quriladi

  • 17:00 / 01.04.2021
  • 98

Turkiyaning “Aksa Enerji” kompaniyasi bilan hamkorlikda Toshkent viloyatida umumiy quvvati 470 MVt bo‘lgan ikkita issiqlik elektr stansiyasi quriladi.

Qiymati 300 million AQSh dollari bo‘lgan mazkur Loyiha viloyatning Qibray tumani hududidagi 7 gektar yer maydonda joylashadi.

Stansiyalar joriy yilning IV choragida ishga tushirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, yiliga 3,9 milliard kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Ushbu loyihani amalga oshirish hisobiga yiliga 550 million metr kub tabiiy gaz tejaladi.

Ayni paytda quvvati 240 MVt bo‘lgan bug‘-gaz elektr stansiyasida va 230 MVt bo‘lgan gaz-porshenli elektr stansiyasida qurilish ishlari boshlab yuborilgan.