Toshkent viloyatining baʼzi tumanlarida gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi

  • 13:18 / 09.10.2019
  • 278

Respublikamizda aholiga tabiiy gaz yetkazib berish jarayonini samarali ishlashini tashkil etish, kuz-qish mavsumida gaz taʼminotidagi uzilishlarni oldini olish maqsadida, respublika miqyosida rejaga muvofiq, gaz taqsimlash nuqtalari, quvurlari va hisoblagichlarni taʼmirlash-nazorat ishlari olib borilmoqda. Mazkur, taʼmirlash-nazorat ishlarini texnika xavfsizligi qoidalariga koʻra oʻtkazilishini taʼminlash maqsadida, isteʼmolchilarga gaz yetkazish vaqtincha toʻxtatiladi. 

Bu haqida “Hududgaztaʼminot” AJ matbuot xizmati maʼlum qilmoqda.

Xususan, 2019-yil 9-oktabr kuni, 

Nurafshon shahar, “Oybek” MFY hududidagi jami 557 ta aholi xonadonlarida va 8 ta ulgurji isteʼmolchilarida soat 13:00 dan 18:00 gacha, 

Toshkent tumani, “Masalboy” hududi, “Majnuntol” MFY hududidagi jami jami 3680 ta aholi xonadonlarida soat 8:00 dan 17:00 gacha,

 Toshkent tumani, “Chosh-tepa” hududi, “Sabzavot” MFY, “Gulzor” koʻchasidagi jami 50 ta aholi xonadonlarida soat 8:00 dan 17:00 gacha, 

Boʻstonliq tumani, “Kichiksoy” MFY, “Qardoshlar” va “Tovoqsoy” MFY, “S.Rahimov” koʻchalaridagi jami 205 ta aholi xonadonlarida soat 9:00 dan 17:00 gacha, 

Zangiota tumani, “Xonobod” hududi, “Istiqlol” MFY, “Mirishkor” koʻchasi hududidagi jami 180 ta aholi xonadonlarida soat 9:00 dan 17:00 gacha,

Oqqoʻrgʻon tumani hududidagi jami 10 800 ta aholi xonadonlarida va 60 ta ulgurji isteʼmolchilarida soat 9:00 dan 18:00 gacha, 

Boʻka shahri “Yangi xayot”, “Toshloq”, “Navroʻz”, “Oʻzbek”, “Doʻstlik”, “Guliston” va “Madaniyat” MFY hududida yashovchi jami 3500 ta aholi xonadonlarida va 50 ta ulgurji isteʼmolchilarida soat 9:00 dan 18:00 gacha, 

shuningdek, 2019-yil 10-12-oktabr kunlari 

Bekobod shahar, “Mustaqillikning 27 yilligi” MFY hududida yashovchi jami 210 ta aholi xonadonlarida soat 9:00 dan soat 17:00 ga qadar tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi.

“Hududgaztaʼminot” AJ kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish ishlari munosabati bilan olib borilayotgan taʼmirlash ishlari tufayli gaz taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz isteʼmolchilaridan uzr soʻraydi.