Toshkentda 5ta to‘lov terminallarini o‘marib ketganlarga nisbatan hukm o‘qildi

  • 11:27 / 03.04.2021
  • 59

Toshkent shahrida 5ta to‘lov terminallarini o‘marib, ichidagi pullarni olib tashlab yuborgan ikki nafar shaxsga nisbatan sud hukmi o‘qildi.

Sud tergovida aniqlanishicha, ular o‘zaro oldindan jinoiy til biriktirib, 2020-yil 27-dekabr hamda 2021-yil 2-yanvar kunlari Toshkent shahrining Yashnobod va Mirzo-Ulug‘bek tumanlari hududida o‘rnatilgan jami qiymati 90 mln 271 ming 700 so‘m bo‘lgan 5 dona bankomatni hamda ularning ichidan jami 11 mln 60 ming so‘m pullarni o‘marganlar.

Sud, muqaddam sudlanganlar – 1990-yilda tug‘ilgan Dilshod va 1989-yilda tug‘ilgan Ramziddin ismli shaxslarni O‘zRJK 169-moddasi 3-qismining “a” bandi bilan aybli deb topib, ularga shu moddaga asosan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinladi.