Toshkentda 7 kiloga yaqin narkotik olib ketayotgan Matiz to‘xtatib qolindi

  • 12:25 / 06.04.2021
  • 58

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi xodimlari hamda DXX vakillari hamkorligida olib borilgan tadbirda avvaldan kuzatuvga olingan fuqaro R.T. boshqaruvidagi Matiz avtomobili Toshkent shahrining Sergeli tumani hududida to‘xtatildi.

Avtomobil xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida yo‘lovchi sifatida ketayotgan fuqaro A.D. ga  tegishli bo‘lgan bir dona qog‘oz quti va uning ichida 5 dona skotchlangan o‘ramlarda narkotik moddalar borligi aniqlandi. 

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, mazkur o‘ramlardagi narkotik moddalar 3 kg 928 gr og‘irlikdagi “opiy” hamda 2 kg 873 gr og‘irlikdagi “gashish” giyohvandlik vositalari ekanligi ma’lum bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ma’lumot uchun, yil boshidan beri bojxonachilar ishtirokida jami og‘irligi 65 kilodan ziyod giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yilgan.