Toshkentda bolalarga diniy ta’lim bergan 42 yoshli fuqaro javobgarlikka tortildi

  • 17:31 / 04.09.2021
  • 170

Toshkentda tegishli ruxsatsiz bolalarga diniy ta’lim berib kelgan 42 yoshli fuqaro javobgarlikka tortildi. Bu haqda IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, yaqinda Chilonzor tumanida olib borilgan profilaktik tadbir davomida aniqlanishicha, muqaddam sudlangan 42 yoshli Abdurahim V. oʻz uyida 3 oy davomida tegishli ruxsatsiz bolalar uchun diniy adabiyotdan foydalangan holda dars oʻtgan.

Mazkur fakt asosida Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 241-moddasi (“Diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzish”) boʻyicha hujjatlar rasmiylashtirilib, sudga yoʻnaltirildi. Sud fuqaroga nisbatan BHMning 5 baravari miqdorida jarima tayinladi.

Ma’lumot o‘rnida, avvalroq Toshkentda 20 yoshli fuqaro noqonuniy diniy taʼlim berish bilan shugʻullangani haqida xabar berilgandi.