Toshkentda byudjet pullarini “tuya” qilgan yo‘lsozlar ushlandi

  • 13:00 / 03.04.2021
  • 64

Ular Yashnobod tumani hududidagi 6ta ichki yo‘llarni davlat standarti darajasida ta’mirlashlari kerak bo‘lgan.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati xabar berishicha, Departamentning Yashnobod tumani bo‘limi tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruvda buyurtmachi Yashnobod tumani obodonlashtirish boshqarmasi, bosh pudratchi “T.Y.” va yordamchi pudratchi “T.O.” MChJ mansabdor shaxslari yo‘l ta’mirlash ishlari bo‘yicha tuzilgan hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritib, amalda 278 million so‘mlik yo‘l qurilish va ta’mirlash ishlarini bajarmasdan byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari ma’lum bo‘lgan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.