Toshkentda fuqarolarning ustunlardagi bayroqlarni yechib olgani tasvirlangan videolar tarqaldi

  • 11:42 / 02.09.2021
  • 186

1-sentyabr kuni poytaxtning bir nechta tumanlarida transport vositalarining haydovchilari va yo‘lovchilari bayram munosabati bilan hokimiyat tomonidan o‘rnatilgan davlat bayroqlarini o‘zboshimchalik bilan yechib olishayotgani aks etgan videolar tarqaldi.

Toshkent shahar IIBBning xabariga ko‘ra, bayroqlar transport vositasiga mustahkamlab o‘rnatilmagan, transport vositasidan tashqariga chiqib turishi esa avtomashinada harakatlanish chog‘ida noqulayliklar tug‘dirib, harakat xavfsizligiga tahdid solgan.

Shuningdek, ushbu holatlar fuqarolar tomonidan davlat ramzlari va davlat mulki to‘g‘risidagi qonun talablarini buzilishiga olib kelgan.

“Hurmatli poytaxtimiz aholisi va mehmonlari! Bu kabi huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 203-1-moddasiga ko‘ra (“Davlat ramzlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish”) ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkinligini unutmang.

Vatanparvarlik o‘z vataningiz qonunlariga nisbatan hurmatsizlik bilan munosabatda bo‘lishda namoyon etilmasligi kerak. Vatanparvarlikni qonunlarga rioya etgan holda namoyon qiling”, - deyiladi xabarda.

Teglar