Toshkentda INNOPROM xalqaro sanoat ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi

  • 16:15 / 05.04.2021
  • 65

Bugun, 5-aprel kuni Toshkentda “INNOPROM. O‘zbekistonda katta sanoat haftaligi” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi birinchi marta ish boshladi. Unda Armaniston, Belarus, Germaniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, O‘zbekiston, Fransiya, Chexiya va Yaponiyadan 300 dan ortiq sanoat kompaniyasi va biznes delegasiyalar ishtirok etadi.

7-aprelga qadar davom etadigan ko‘rgazma dorasida O‘zbekiston hokimlari va Rossiya gubernatorlarining mintaqalararo forumi, O‘zbekiston, Rossiya, Yevropa va Osiyo mamlakatlari yirik kompaniyalari, hukumat organlari, biznes uyushmalari, taraqqiyot institutlari rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida sanoat kun tartibidagi eng dolzarb mavzular bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sessiyalar o‘tkaziladi.