Toshkentda janjal sabab 17 yoshli yigit pichoqlandi

  • 18:31 / 07.04.2021
  • 88

2021-yilning 4-aprel kuni soat 19:00 larda 17 yoshli A.J., Olmazor tumani Beruniy ko‘chasida joylashgan “Mir Cinema” do‘koni oldida tengquri S.A. bilan hech bir sababsiz janjallashib, yonida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan badanining turli joylariga urib, tan jarohati yetkazgan.

Tibbiy hulosaga ko‘ra, S.A. da “qorin old, ikkala kurak, chap bel sohasi, ikkala son tashqi yuzasi va o‘ng dumba qismida kesilgan” jarohatlari ko‘rsatilgan.

Olmazor tumani IIB Tergov bo‘linmasi tomonidan voyaga yetmagan 17 yoshli A.J. ga nisbatan JKning 277-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda ushbu janjalning kelib chiqish sabablari aniqlanmoqda.