Toshkentda mast haydovchi sabab 14 yoshli bola halok bo‘ldi

  • 12:04 / 17.09.2021
  • 153

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini 14 yoshli A.K. ning otasi sifatida tanishtirgan fuqaroning murojaati tarqaldi. Unda fuqaro joriy yil 12-sentyabr kuni Milliy gvardiyaning mast xodimi ishtirokida sodir etilgan YTH natijasida 2007-yilda tug‘ilgan o‘g‘li vafot etganini aytadi.

IIV YHXBB matbuot xizmati mazkur holat yuzasidan bergan rasmiy ma’lumotga ko‘ra, haqiqatan ham joriy yilning 12-sentyabr kuni soat 01:30 larda Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tumani hududidan o‘tgan 4R20 “Qorasuv – Bekobod” avtomobil yo‘lining 8-kilometrida haydovchi, 1980-yilda tug‘ilgan T.M. boshqaruvida bo‘lgan "Matiz" hamda haydovchi 1978-yilda tug‘ilgan G.E. boshqaruvida bo‘lgan "Damas" rusumli avtomobillar ishtirokida YTH sodir bo‘lgan.

YTH oqibatida "Damas" haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib yo‘lning o‘ng tomonida turgan 2007-yilda tug‘ilgan piyoda A.K.ni urib yuborgan.
Natijada fuqaro A.K. olgan og‘ir tan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan.

Olib borilgan dastlabki tergov oldi surishtiruv jarayonlarida “Matiz” rusumli avtomobil haydovchisi Nurafshon shahar tibbiyot bo‘limi shifokorining xulosasiga ko‘ra, mast holda ekanligi aniqlangan. 

“Mazkur YTH yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-modda 2-qismiga ko‘ra jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, – deyiladi IIV YHXBB ma’lumotida.