Toshkentda narkotik moddalar reklamasini tarqatib yurgan shaxslar qo‘lga olindi

  • 11:55 / 06.04.2021
  • 49

Yaqindagina ijtimoiy tarmoqlarda turarjoy hududlarida giyohvand moddalar reklamasi paydo bo‘layotgani haqida xabar tarqalgan edi. 

Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv davomida Mirzo Ulug‘bek tumani “Bo‘z” mahallasidagi bir nechta uy devorlarida yozuvlar paydo bo‘lgani o‘rganildi.

Tekshiruv natijasida matnlar – 18 yoshli B.I. va 21 yoshli I.V. tomonidan qoldirib ketilgani aniqlangan. 

B.I.ning aytishicha, joriy yilning mart oyida Telegram kanallardan biriga obuna bo‘lgan va ish haqidagi e’longa ko‘zi tushgan. B.I. telefon orqali ish beruvchi bilan bog‘langan, undan haq evaziga uylarning devorlarida qoldirish kerak bo‘lgan yozuv matnini olgan. Shundan keyin tanishi I.V. bilan birga devorlarda yozuvlarni qoldira boshlagan. 

IIBB ayni vaqtda mazkur fakt bo‘yicha tekshiruv ishlarini davom ettirmoqda.