Toshkentda taekvondo boʻyicha jahon chempionatiga start beriladi

  • 10:45 / 07.08.2019
  • 119

7-10-avgust kunlari Toshkent taekvondo boʻyicha kadetlar oʻrtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Ayni paytga musobaqani oʻtkazish uchun deyarli barcha narsa shay, deya xabar bermoqda Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati.

Musobaqaga “Universal” sport saroyi mezbonlik qiladi. E’tiborlisi musobaqada ishtirok etish uchun jahon taekvondo federatsiyasi rahbari Chung Van Choy tashrif buyuradi va bahslarni bevosita kuzatib boradi.

Hozirda terma jamoalar Oʻzbekiston taekvondo assotsiatsiyasining sport zallarida soʻnggi tayyorgarlik mashgʻulotlarini olib borishmoqda. Jahonda oʻz oʻrniga ega boʻlgan Eron, AQSH, Janubiy Koreya, Braziliya kabi oʻnlab terma jamoalar rejalashtirilgan grafik asosida mashq qilmoqda.

Jahon chempionatida Oʻzbekiston shanini jami 20 nafar sportchi (10 nafar yigit va qizlar) oʻz vazn toifalarida oltin medal uchun jang qilishadi. Kadetlarimizni aka-uka Sobir va Zaynobiddin Nazaraliyevlar hamda Jasur Boyqoʻziyev boshchiligidagi tajribali murabbiylar musobaqaga tayyorlashdi.
 

Mazkur musobaqa doirasida Oʻzbekiston taekvondo assotsiatsiyasi yurtimizda sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish maqsadida 8-avgust kuni 19:00 da “Xalqlar doʻstligi” maydonida yirik fleshmob tashkil qilishni rejalashtirmoqda.