Toshkentda tashqi reklama obyektlarini o‘rnatish yil oxirigacha taqiqlandi

  • 11:30 / 07.04.2021
  • 59

Toshkent shahrida 2021-yil 1-apreldan 31-dekabrga qadar tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish, o‘rnatish, o‘zgartirish va pasportlarining berilishiga moratoriy e’lon qilindi. 

Bu shaharda o‘rnatilgan tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) xatlovdan o‘tkazib, yagona elektron reyestrni shakllantirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Ta’kidlanishicha, moratoriy amal qilishi davomida yangi o‘rnatilgan tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) noqonuniy hisoblanib, belgilangan tartibda demontaj qilinadi va ularni o‘rnatgan shaxslarga nisbatan choralar ko‘riladi. 

Ma’lumot uchun, moratoriy tashqi reklama obyektlarida (konstruksiyalarida) joylashgan reklamaga taalluqli emas.
 

Teglar