Toshkentda xizmat paytida avtomobilida uxlagan YPX xodimi ishdan olindi

  • 14:08 / 15.09.2021
  • 199

IIV YHXBB rahbariyati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video bo‘yicha o‘rganish olib borib, mas’uliyatsizligi sabab xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan xodimni ichki ishlar oganlaridan bo‘shatdi.

Gap shundaki, avvalroq ijtimoiy tarmoqda “Toshkentda uyqudagi GAI” sarlavhasi ostida video tarqalgan va holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgani aytilgan edi.

O‘tkazilgan xizmat tekshiruviga ko‘ra, Toshkent shahar IIBB YHXB YPX xodimi A.Jo‘raqulov xizmat faoliyati davomida intizomiy jazolanganligi, yakka tartibda profilaktik suhbatlar o‘tkazilganligiga qaramasdan o‘ziga tegishli xulosa chiqarmay, xizmat davomida turli nomaqbul harakatlarga hamda mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygani aniqlangan.

Mazkur sabablar tufayli Ichki ishlar vazirining ayrim me’yoriy buyrug‘i talablarini buzganligi uchun ushbu xodim “Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom”ning 144-bandi, “k” kichik bandiga (ichki ishlar organi xodimining sha’niga putur yetkazuvchi xatti-harakatlar sodir etganligi) muvofiq ichki ishlar organlaridan bo‘shatilishi, shuningdek, ushbu xodimning bevosita komandirlari intizomiy jazolanishi bo‘yicha xulosa qilingan.