Toshkentda yo‘l talashib janjallashgan haydovchi to‘pponcha o‘qtaldi

  • 11:44 / 08.11.2019
  • 194

Ijtimoiy tarmoqlarda haydovchilar o‘rtasida yuzaga kelgan kelishmovchilikda janjal ishtirokchilaridan biri to‘pponcha o‘qtalgani aks etgan video tarqaldi. 

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatining xabar berishicha, ushbu to‘pponcha plastmassadan tayyorlangan o‘yinchoq bo‘lib chiqqan.

Svetoforning nosozligi kelishmovchilik chiqishiga sabab bo‘ldi
Hodisa svetofor ishlamasligi oqibatida tirbandlik yuzaga kelgan Keles ko‘chasida sodir bo‘lgan. Janjal “Matiz” avtomobilini boshqargan 28 yoshli Farhod Yu. va “Kobalt” avtomobilini boshqargan 51 yoshli Jahongir J.lar bir-birlariga yo‘l bermaganliklari oqibatida kelib chiqqan. Kelishmovchilik vaqtida Farhod Yu. Jahongirga o‘yinchoq to‘pponcha bilan tahdid qilgan.
“Hozirda tekshiruv ishlari olib borilyapti. Aybdorlarga huquqiy jazo beriladi” deyiladi xabarda.