Toshkentdagi Bo‘rijar anhoridan to‘pponcha topildi

  • 11:39 / 03.12.2019
  • 122

Toshkent shahri Chilonzor tumanining 3- va 4-dahalari hududidan oqib o‘tuvchi Bo‘rijar anhoridan o‘qotar qurol – Makarov to‘pponchasi topildi. To‘pponcha 1-dekabr kuni topilgan. 

Postda.uz’ning yozishicha, to‘pponcha polietilen paketga qismlarga ajratilgan holda solingan. Shu bilan birga, polietilen paketda 2 dona o‘qdon va 18 dona o‘q ham bo‘lgan.

Xabarga ko‘ra, hozirda topilma yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.