Toshkentdan Moskvaga muntazam aviaqatnovlar qayta yo‘lga qo‘yilmoqda

  • 14:27 / 07.04.2021
  • 62

2021-yilning aprel oyidan boshlab, har shanba kuni Toshkent - Moskva - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar qayta joriy etiladi. Bu haqda aviakompaniya Matbuot xizmati ma’lum qildi. 

 (https://t.me/uzbekistanairways/1393)Mazkur yo‘nalish bo‘yicha uchishni boshlash uchun Rossiyaga uchishdan avval 3 kalendar kunidan oshmagan holda PZR-test o‘tkazish talab qilinadi. Bunda PZR-test natijasi qayd etilgan ma’lumotnoma ingliz yoki rus tilida bo‘lishi talab etiladi.

Mazkur reysga O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari va Rossiyaga kirishga cheklov qo‘yilmagan O‘zbekistonda doimiy yashash huquqiga ega chet el fuqarolari kiritilishi mumkin.