To‘xtab qolgan metro bekatlari oralig‘iga bepul xizmat ko‘rsatadigan avtobuslar qo‘yildi

  • 13:51 / 08.04.2021
  • 57

Bugun, 8-aprel kuni Toshkent metropolitenining Chilonzor yo‘nalishi Sergeli qismida texnik nosozlik kelib chiqqanligi tufayli metropoliten harakati vaqtinchalik to‘xtatilgan edi. 

 "Toshshahartransxizmat” shu munosabat bilan metropolitenning “Olmazor” bekatidan “Qipchoq” bekatigacha bo‘lgan oraliqda vaqtinchalik avtobus yo‘nalishi harakati yo‘lga qo‘yilganini ma’lum qildi. 

“Ushbu yo‘nalishda vaqtinchalik avtobuslar xizmat ko‘rsatmoqda. Vaqtinchalik tashkil etilgan ushbu yo‘nalishdan yo‘lovchilarimiz bepul foydalanishlari mumkin bo‘ladi”, deyiladi “Toshshahartransxizmat” xabarida.