Tramp amerikaliklarni ishga chiqishga da’vat qildi

  • 08:19 / 25.03.2020
  • 209

AQSh Prezidenti Donald Tramp Fox News telekanalida mamlakatda koronavirusga qarshi kurashish choralarini yumshatish bo‘yicha o‘z rejalari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda DW xabar berdi.
Oq uy rahbari amerikaliklarni Pasxa bayrami nishonlanadigan kun 12-apreldan ishga chiqishlarini so‘radi. 
Unga ko‘ra, hozirgi keskin chora-tadbirlar iqtisodiy o‘sishning sekinlashishiga olib keladi va yakunda AQShni “xonavayron qiladi”.
Trampning aytishicha, qattiq cheklovlar shaklidagi dori “muammoning o‘zidan ham battar”.
“Agarda biz buni davom etishiga yo‘l qo‘ysak, odamlar, ko‘plab odamlar halok bo‘lishadi. Biz ishga qaytishimiz kerak” degan Donald Tramp.