Tramp AQSh hukumati politsiyada bekor qilishlar bo‘lmasligi yoki unga ajratilgan mablag‘  qisqartirilmasligini ta’kidladi

  • 15:20 / 09.06.2020
  • 515

 Kongress demokratlari avvalroq politsiyani keng ko‘lamli isloh qilishga yo‘naltirilgan qonun loyihasini taqdim etgan edi. AQSh prezidenti Donald Tramp dushanba kuni Oq uyda huquq-tartibot organlari vakillari bilan bo‘lgan uchrashuvda Amerika Qo‘shma shtatlari politsiyada bekor qilishlar bo‘lmasligi yoki uning moliyalashtirilishini kamaytirmasligi haqida so‘zlagan.    

“Bizning ajoyib huquq-tartibotchilarimiz bor va men ular bilan faxrlanaman. Moliyaviy (politsiyachilar uchun) qisqartirishlar bo‘lmaydi, bizning politsiyamizda bekor qilishlar ham bo‘lmaydi. Bizning politsiyamiz tinch yashashimiz uchun sharoit yaratmoqda. Biz ularning saflarida, yaqindagina ko‘rganimizdek, yomon harakat qiluvchi shaxslarning yo‘qligiga ishonch hosil qilmoqchimiz. Biroq <...> ularning 99 foizi – ajoyib insonlar”, – dedi Oq uy rahbari.

Shu majlisda ishtirok etayotgan AQSh Bosh prokurori Uilyam Barr o‘z navbatida hukumat politsiyachilar tomonidan qo‘llaniladigan kuch standartlar masalasida huquq-tartibotchilar bilan ishlashga tayyor ekanligini bildirdi. “Menga ma’lumki, politsiya rahbarlari ba’zi masalalarda kuch ishlatish bo‘yicha tavsiyalarning aniqligiga juda katta qiziqish bildirishadi <...>, bu standartlarni ta’minlash, ularni (politsiyachilarni) o‘qitishni ta’minlash, ularga (standartlarga) amal qilish uchun juda ham zarur. Biz ana shularni amalga oshirish uchun ayni masala ustida hamkorlikda bosh qotirishlaringizni intiqlik bilan kutyapmiz”, – dedi Barr.

Dushanba kuni AQSh Kongressi demokratlari mamlakatdagi ommaviy namoyishlarga javoban politsiyada keng miqyosli islohotlar o‘tkazishga yo‘naltirilgan qonun loyihasini taqdim qilishdi. Ushbu tashabbus, xususan, huquqni muhofaza qilish xodimlariga bo‘g‘ish usullarini qo‘llashni, politsiyaning noto‘g‘ri harakatini kuzatish uchun milliy ma’lumotlar bazasini yaratishni, ba’zi holatlarda politsiyachilarga uyga ogohlantirishlarsiz eshikni buzib kirishga ruxsat beruvchi orderlar berishni taqiqlaydi. Taklif etilayotgan islohot doirasida huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlarining javobgarligi, shu jumladan, gumon qilinuvchiga nisbatan zo‘ravonlik, o‘zboshimchalik uchun javobgarlik kuchaytirilgan.