Tramp AQSh iqtisodini joriy yilda tiklamoqchi

  • 11:54 / 28.04.2020
  • 192

AQSh Prezidenti Donald Tramp koronavirus pandemiyasi tufayli yirik yo‘qotishlarga qaramay mamlakat iqtisodini 2020-yilning o‘zidayoq tiklashga va’da berdi. Bu haqda DW xabar berdi.
Oq uyda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Tramp uchinchi va to‘rtinchi chorakda YaIM o‘sishini sensatsion bo‘lishini aytdi.
Unga ko‘ra, kelasi yil ham iqtisodiy jihatdan o‘ziga xos bo‘ladi. Prezident mamlakatning iqtisodiy faoliyatini “tezkor, ammo xavfsiz” holda qayta tiklashga chaqirdi.
Shu munosabat bilan tez orada aholining katta qismi koronavirusga test topshirishi ta’kidlandi.