Tramp Boltonning memuar nashr qilish rejasini “juda noo‘rin” deb atadi   

  • 13:57 / 16.06.2020
  • 710

AQSh prezidenti Donald Tramp uning milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Jon Bolton hamkorlikda ishlagan paytlari xotiralari haqida kitob yozgani va uni nashr qilish fikrida ekanligini “juda noo‘rin” deb hisoblashini aytgan. Bu haqda u Oq uyda jurnalistlar bilan bo‘lgan uchrashuvda ma’lum qilgan.  
 
“Ehtimol, u haqiqatni aytmayotgandir, chunki u rostini so‘zlamasligi bilan mashhur edi”, deya Trampning so‘zlarini keltirgan RIA Novosti. U shuningdek, agar Bolton amerika hukumati yuristlarining talablariga binoan o‘z kitobidagi ma’lum axborotlarni olib tashlashdan voz kechishda davom etsa, AQShning vakolatli organlari Boltonni jinoiy javobgarlikka tortishadi, deb umid bildirgan.  

O‘z navbatida AQSh bosh prokurori Uilyam Bar eks-rasmiylarning memuarlari nashr qilinishidan oldin maxfiy sirlarni oshkor qilmasligi uchun maxsus nazorat tartibi belgilanganligini ta’kidlagan. Barr Boltonning bu jarayondan o‘tmaganligini, qolaversa, kitobni amaldagi prezident davrida chop etishni mo‘ljallash misli ko‘rilmagan ish ekanligini izohlagan.   

Eslatib o‘tamiz, bu o‘rinda sobiq maslahatchining Trampning tashqi siyosatini jiddiy tanqid ostiga olgan “Xona, bu yerda o‘sha sodir bo‘lgandi: Oq uy memuarlari” kitobi haqida gap bormoqda. Sal avvalroq, Boltonning nashrga tayyorlanayotgan qo‘lyozmasi bilan tanishgan Oq uy unga hozir ham o‘z maxfiyligini yo‘qotmagan axborotlar borligini bildirgan edi. 19-iyun kuni Boltonga qo‘lyozmaning tahrir qilingan varianti taqdim etiladi. Biroq Bolton sir saqlanishi lozim bo‘lgan hamma axborotlarni olib tashlaganman, deb turib olgan va hukumat qarshi bo‘lsa ham iyun oyi oxirida uni nashr qildirishini aytgan.