Tramp: “Demokratlar gʻalaba qozonsa, AQSh tushkunlikka duchor bo‘ladi”

  • 15:37 / 07.11.2019
  • 108

Foto: REUTERS / Jim Bourg

AQSh prezidenti Donald Tramp agar Demokratik partiyaning vakili 2020-yilda boʻlajak prezident saylovlarida gʻalaba qozonsa, mamlakat iqtisodiy tushkunlikka duchor boʻlishini aytdi. Bu haqida RIA Novosti xabar bermoqda.

Amerika rahbarining soʻzlariga koʻra, demokratlar noroziliklarni bostiradi, begunoh odamlarga tuhmat qiladi, shuningdek, huquqiy meʼyorlarni buzadi.

“Amerikani oʻzgartirishga urinishlarida demokratlar yanada totalitarga aylanmoqda“, dedi Tramp.

Bundan tashqari, Oq uy rahbarining fikricha, demokratlar amerikaliklarga “sotsialistik kun tartibini“ kiritishga harakat qilmoqda.

“Agar demokratlar qaytib kelsalar, unda siz hech kim koʻrmagan depressiyani boshdan kechirasiz“, deb taʼkidladi amaldagi AQSh prezidenti.

Teglar