Tramp tabiatning ifloslanishida Rossiya, Xitoy va Hindistonni aybladi

  • 00:17 / 06.06.2019
  • 482

Xitoy, Rossiya, Hindiston va boshqa davlatlar eng sof tabiatlardan biriga ega bo‘lgan AQShdan farqli ravishda, havo va suvning ifloslanishiga javobgardir. Bunday fikrni AQSh prezidenti Donald Tramp Britaniya shahzodasi Charlz bilan global isishni muhokama qilish vaqtida aytib o‘tdi.       
Trampning mahalliy telekanalga so‘zlab berishicha, shahzoda bilan uchrashuv rejalashtirilgan 15 daqiqa o‘rniga 1,5 soat davom etgan. Bu vaqt davomida shahzoda Trampni global isish xavfli ekaniga ishontirishga harakat qilgan.     

AQSh prezidenti umuman shahzoda keltirgan dalillarga rozi bo‘lgan, biroq AQSh iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashga ko‘proq hissa qo‘shishi lozimligi haqidagi fikriga qo‘shilmagan. Uning aytishicha, AQSh tabiati “barcha statistik ma’lumotlarga” ko‘ra dunyodagi eng soflaridan biri hisoblanadi va borgan sari yaxshiroq bo‘lib bormoqda.

“Xitoy, Hindiston, Rossiya, boshqa ko‘plab davlatlarning havosi, suvi yomon, u yerlarda atrof-muhit ifloslangan. Ba’zi shaharlarda nafas olib bo‘lmaydi. Aksincha, ular o‘z majburiyatlarini bajarmayaptilar”, deb aytgan AQSh prezidenti.

Avvalroq Tramp iqlimning global o‘zgarishini tasdiqlovchi dalillarga nisbatan shubha bildirgandi. U tadqiqotchilarni “pul so‘ruvchi o‘zbilarmonlar” deb atagan.

2017 yil avgustda AQSh iqlim bo‘yicha Parij kelishuvidan chiqqan. Bu kelishuv 2015 yilda tuzilgan va rivojlanayotgan davlatlarga iqlim muammolarini hal qilish uchun 100 mlrd dollar ajratilishini ko‘zda tutadi. 

 

Teglar