Tramp yangi ofisiga Meksika chegarasidagi devor bo‘lagini joylashtirib qo‘ydi 

  • 08:30 / 08.04.2021
  • 52

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Mar-a-Lago qarorgohidagi yangi ofisiga o‘z haykali va Meksika chegarasidagi devorning bir bo‘lagini joylashtirib qo‘ydi. Buni prezident maslahatchisi Stiven Miller e’lon qilgan suratda ko‘rish mumkin. 

Miller surat ostiga “Hozirgina prezident Tramp bilan ajoyib uchrashuv o‘tkazdim” deb izoh qoldirgan. 

Trampning ish kabinetidagi asosiy stoli yoniga yana ikkita kichikroq stollar joylashtirilgan. Ularning biri ustidan esa Meksika chegarasidagi devorning oltinrang qoplamaga ega bo‘lagi ham o‘rin olgan.

Ma’lumot uchun, Mar-o-Lago qarorgohi kattaligi jihatidan Florida shtatidagi ikkinchi o‘rinda turadigan uy sanaladi. “Forbes” uning qiymatini 160 million dollarga baholagan.