Trampdan Eronga yangi tahdid: “Patrul katerlari yo‘q qilinsin!”

  • 08:53 / 23.04.2020
  • 885

AQSh Prezidenti Donald Tramp Eronning patrul katerlari Amerika kemalariga yaqinlashadigan bo‘lsa, yo‘q qilishga farmoyish berdi. Bu haqda DW xabar berdi.
“Men AQSh harbiy-dengiz kuchlariga agarda Eron harbiy katerlari bizning dengizdagi kemalarimizga xavf tug‘diradigan bo‘lsa, o‘qqa tutish va yo‘q qilishga farmoyish berdim” degan Tramp o‘z tvitida.
O‘tgan haftada AQSh Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining 11 harbiy katerlari Amerika harbiy-dengiz va qirg‘oq kuchlari kemalariga provokatsiya qilgan. Eron katerlari Amerika kemalariga yaqin masofagacha katta tezlikda yaqinlashib kelgan.
Buning ortidan Pentagon Eronni “xavfli va provokatsion” harakatlarda ayblagandi.

Eron aybni AQShga to‘nkadi
Eron vakillari esa AQSh maxsus kuchlari kemalari “noprofessional va provokatsion harakatlar” qilganini aytgan. Amerika kemalari Eronning harbiy amaliyot o‘tashlariga halal bergan.