Turizm va sport vazirligi tashkil etildi

  • 09:50 / 07.04.2021
  • 51

Joriy yil 6-apreldagi Prezidentning tegishli farmoniga asosan, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi negizida Turizm va sport vazirligi tashkil qilindi.

Farmonga asosan, Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasida:
–Bosh vazir o‘rinbosari – Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi lavozimi tugatildi;
–Bosh vazir o‘rinbosari – turizm va sport vaziri lavozimi kiritildi.

Shuningdek, farmonga asosan departament va qator kotibiyatlar nomi o‘zgartirildi, Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi tashkil etildi.