Turkiya Iroq shimolidagi terroristlarga qarshi harbiy operatsiya boshladi

  • 15:17 / 08.11.2019
  • 37

Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu mamlakat sharqida yirik aksilterror operatsiyasi boshlanganini eʼlon qildi, deb xabar berdi juma kuni Turkiyaning Anadolu axborot agentligi.

Amaliyotning maqsadi shimoliy Iroqning Turkiya bilan chegarasida faoliyat yuritayotgan terroristlarni zararsizlantirishdir. Unda 2 625 harbiy xizmatchi va 179 maxsus kuch guruhlari qatnashdi.

Turkiya Ichki ishlar vazirligiga koʻra, soʻnggi toʻrt oy ichida Iroq shimolida Turkiya, Yevropa Ittifoqi va AQShda terrorchi deb tan olingan Kurdiston ishchilar partiyasining 400 dan ortiq aʼzosi zararsizlantirildi.

Agentlik maʼlumotlariga koʻra, Kurdiston ishchilar partiyasi boʻlinmalari 30 yildan ortiq vaqt davomida Turkiyaga qarshi kurashgan. Shu kunga qadar kamida 40 ming kishi qurbon boʻlgan.

Teglar