Turkiya sharqida kuchli zilzila sodir bo‘ldi

  • 08:49 / 25.01.2020
  • 362

Foto: GETTY IMAGES

Turkiya sharqida sodir bo‘lgan kuchli zilzila oqibatida kamida 18 kishi halok bo‘ldi. Bu haqida BBC xabar berdi.
Episentr markazi Elyazig‘ provinsiyasidagi Sivrije shahrida magnitudasi 6,8 bo‘lgan. Zilzila binolarning qulashi va aholining uylaridan chiqishlariga majbur qilgan.
“Qurbonlar soni Elyazig‘da 18 tagacha oshdi, 405 kishi jarohat oldi. Malatyada ham 148 kishi jarohat olgan. Binolarning ostida qolib ketgan 30 kishini qutqarish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilyapmiz”, degan Ichki ishlar vaziri Sulaymon So‘ylu..
Xabar qilinishicha, yer silkinishi taxminan soat 20:55 da sodir bo‘lgan va 15 sekund davom etgan.