Turkiya “Tinchlik manbai” operatsiyasining birinchi bosqichiga o‘tdi

  • 11:58 / 10.10.2019
  • 66

Foto: AP Photo/Lefteris Pitarakis

9-oktabr kuni Turk qurolli kuchlari Suriya bilan chegarani kesib o‘tdi va Furot daryosining sharqida, “Tinchlik manbai” bo‘lgan yangi chegara operatsiyasini boshladi. Bu haqda Turkiya Milliy mudofaa vazirligi xabar berdi.

– Bizning harbiy kuchlarimiz va Suriya milliy armiyasi “Tinchlik manbai” operatsiyasi doirasida Furot sharqida quruqlikdagi operatsiyani boshladi, – deyiladi harbiy boshqarma xabarida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, turk qo‘shinlari qo‘shni davlat hududiga uch nuqtadan kirgan.

Avvalroq, Suriyaning shimolidagi kurd kuchlarining pozitsiyalariga havo kuchlari zarbalari berilgandi.

Teglar