Turkiya YeI bilan hamkorlikni qayta tiklashga tayyor ekanligini bildirdi

  • 18:08 / 07.04.2021
  • 58

Turkiya Yevropa ittifoqi bilan o‘zaro manfaatli sohalarda konstruktiv hamkorlikni tiklashga tayyor ekanligini bildirdi. Bu haqida Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen ma’lum qilgan. 

“Turkiya Yevropa ittifoqi bilan konstruktiv muloqot va hamkorlik qilish istagini namoyish etdi” deyiladi xabarda. 

Uning aytishicha, Yevropa ittifoqi tez orada Turkiyaga iqtisodiyot, migratsiya, sog‘liqni saqlash, iqlim va inson huquqlari sohalarida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflarni taqdim etadi.