Turkiyadan navbatdagi gumanitar yordam yetib keldi

  • 12:36 / 22.05.2020
  • 126

Foto: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

Bugun, 22-may kuni Turkiya hukumati tomonidan yuborilgan navbatdagi insonparvarlik yordami yetib keldi.

Ma’lum qilinishicha, insonparvarlik yuki tarkibida 50 dona o‘pkaning sun’iy ventilyatsiyasi apparati bor. Turkiyaning o‘zida ishlab chiqarilgan mazkur uskuna xalqaro standartlar asosida sinovdan o‘tkazilgan.

Tukkiyadan-yuk-odamlar (6).jpg

“O‘zbek va turk xalqlari azaliy qardosh, yaxshi-yomon kunlarda bir-birini qo‘llab-quvvatlab kelgan ikki el hisoblanadi”, deydi Turkiya elchixonasi mas’ul xodimi Kaan Baqqolboshi.

Tukkiyadan-yuk-odamlar (8).jpg

Eslatib o‘tamiz, avvalroq epidemiya bilan samarali kurash olib borishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash doirasida O‘zbekiston tibbiyot xodimlariga himoya anjomlarini taqdim etgandi.

Tukkiyadan-yuk-odamlar (13).jpg