Twitter ilk marta Trampning xabarlarini “yolg‘on” sifatida belgiladi

  • 10:43 / 27.05.2020
  • 243

Donald Tramp 26-may, seshanba kuni Twitter mikrobloglarida yozgan xabarlari birinchi marta “feyk xabar” sifatida belgilandi.
AQSh Prezidenti o‘z tvitida pochta orqali ovoz berish natijalari soxtalashtirishga olib kelishi mumkinligini aytgan. Shunda Twitter xabarlarda asossiz bayonotlarni topdi. 
Ushbu tvitlarda Oq uy rahbari Kaliforniya shtatining ma’murlari, saylovchilarga byulletenlarni pochta orqali yuborishlarini eslatib o‘tgan. Ammo bunday amaliyot ovoz berish natijalarini "hiyla-nayrang" ostida tahdid qiladi, dedi Tramp.
Trampning ikkita xabarida ham ko‘k rangli aylana ichida “Pochta orqali ovoz berish haqidagi ma’lumotlarga qarang” degan yozuvli undov belgisi paydo bo‘ldi. Ushbu belgiga bosilganda u Twitter’dagi maxsus sahifaga yo‘llaydi. Ushbu sahifada Trampning pochta orqali ovoz berish natijalarining soxtalashtirilishiga olib kelishi haqidagi asossiz bayonotlari sarlavha asosida havola bilan boshlanadi.