Tyubikli idishlardagi rangli chiziqlar nimani anglatadi?

  • 13:24 / 04.11.2019
  • 83

Tish pastasi yoki kosmetik vositalarning idishiga e’tibor berib qarasangiz, tyubikning yopiladigan qismida turli xil rangdagi tasmalar bo‘ladi. Ularning yonida esa ko‘pincha maxsulotning saqlash muddati ham yozilgan bo‘ladi. Idish ortidagi bunday rangli tasmalar nima uchun kerakligi va qanday vazifani bajarishini bilasizmi?

Xiylakor belgilar ortiga nimalar yashiringan?

Для чего на тюбиках косметики делают цветные полоски

Для чего на тюбиках косметики делают цветные полоски

Ko‘plab tyubiklarga e’tibor berib qarasangiz orqa tomonida tyubikning tugallangan qismida turli xil rangli tasmalar bor. Ular asosan qizil, qora, ko‘k yoki yashil ranglarda bo‘ladi. Ko‘pchilik qizil va qora rangli tasmalar mahsulot tarkibida zararli moddalar borligini bildiradi, yashil rang tasmalar esa mahsulotning ekologik xavfsiz ekanligini bildirishiga ishonadi.

Agar bojxonada kosmetik vositalarni qadoqlashni tartibga soluvchi hujjatlarni ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, unda tyubik idishlarning tikiladigan joyidagi rangli tasmalar haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. Shuning o‘zi rangli tasmalarning maxsulot tarkibiga aloqasi yo‘qligini isbotlaydi.

Robotning to‘g‘ri ishlashi uchun maxsus belgi kerak
Uning asl ma’nosiga keladigan bo‘lsak, bu yerda hech qanday mahfiy narsa yo‘q. Tyubikli idishlarning oxirida ya’ni tikiladigan qismidagi belgilar konveyerning aniq ishlashiga yordam berish uchun qo‘yiladi. Ya’ni idishlarni bitta-bitta qilib bo‘lish bilan shug‘ullanuvchi robot ana shu ranglar orqali idishni qayeridan bo‘lish kerakligini biladi. Tasmalarning rangiga keladigan bo‘lsak, robot aniq ishlashi uchun tasma rangi idishning umumiy rangidan tubdan farq qilishi kerak. Ana shuning bilan bir xil o‘lchamdagi tyubiklar hosil bo‘ladi. 

Ana shunaqa, har bir belgining o‘z vazifasi, o‘rni bor!