Uchuvchi va bortkuzatuvchilar yangi formada faoliyat olib boradi

  • 13:36 / 13.02.2020
  • 286

“Uzbekistan Airways” tomonidan 2020-yil 14- fevraldan boshlab uchuvchilar va bortkuzatuvchilarning yangi formasini taqdim etdi.

Bu holat samolyot ekipaji qiyofasida keskin o'zgarishlar 15 yil ichida birinchi marta sodir bo'ldi. Yangi tashkil etilayotgan kiyimlardagi asosiy rang quyuq akvamarin va terrakota ranglaridir. Qizlar uchun yubka, shim, bluzkalardan iborat bo'lgan, ikki xil rangli yangi to'plam taqdim etilgan. Pidjakning astarlari terrakota rangida bo'lib, logotip tasviri tushirilgan. 

Aksessuarlar sifatida bosh kiyim, matoli va charm qo'lqoplar, soch turmagi yaratish uchun matoli elastik tasmasi va ikki xil rangdagi bo'yin sharflari kiritilgan. Bluzkalar va bo'yinbog'lardagi bezaklar sharqona uslubda yaratilgan. Qishki yomg'irpo'sh paltosi yechib olinadigan izolyatsiyalangan astarga ega.

Erkak-bortkuzatuvchi xodimlari uchun to'plam quyuq kulrang rangdagi uch qismli kostyum ko'rinishida, quyuq akvamarin bezaklari bilan taqdim etiladi. Bosh kiyim to'q kul rangda kumush bezak bilan bezatilgan. Uchuvchilar uchun kostyumlar oldingi rangida qoldirilgan. Brendli tugmalar va eksklyuziv galstuklar yaratildi. Mato turli iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda tanlangan.

Mazkur loyihada mahalliy va xorijiy ekspertlar ishtirok etishgan. Matolarni tanlash va asosiy to'plamning birinchi partiyasini tikish Turkiyaning "Dress Best Uniforms" kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi, deyiladi "Uzbekistan Airways" AJ xabarida.