UEFA reytingi: Messi o'tgan mavsumning eng chiroyli gol muallifi

  • 10:29 / 10.08.2019
  • 266

Foto: EPAFE/Alberto Estevez

Messi "Liverpul" ga qarshi Chempionlar ligasi yarim finalining dastlabki o'yinida jarima zarbasini amalga oshirgan edi.

Yevropa futbol assotsiatsiyasi (UEFA) Ispaniyaning "Barselona" klubi hujumchisi Lionel Messining 2018/19-yilgi mavsumda Angliyaning "Liverpul" jamoasiga qarshi o'yinidagi golini tashkilot homiyligida o'tkazilgan o‘yinlardagi eng chiroylisi deb tan oldi. 

Messi bu golni "Liverpul"ga qarshi Chempionlar ligasi yarimfinalining birinchi o'yinida jarimadan urgandi. U ushbu mukofotni sp‘nggi besh yilda uchinchi marta qo'lga kiritdi.

Ikkinchi o'rinni "Yuventus" ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu egalladi.  Chempionlar ligasi guruh bosqichidagi "Manchester Yunayted" ga qarshi (1: 2) goli bu o‘rinni egallashiga sababchi bo‘ldi. Uchinchi o'rinda Portugaliya vakili Danilo, u Yevropa chempionatining saralash o'yinida Serbiya jamoasiga qarshi (1: 1) ajoyib to'p kiritgan edi.