Ufada O‘zbekiston fuqarosi maxsus saqlab turish markazidan qochib ketdi

  • 13:48 / 02.05.2019
  • 407

Ufada xorijiy fuqarolarni vaqtinchalik saqlash markazida 1 may kuni g‘alva bilan boshlandi - ikki shaxs bu yerdan qochib chiqib ketdi. 

Ufa1.ru manbasi ma'lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosi, 26 yoshli Siroj Nazirov va 31 yoshli Radik Botirov soat 04:50larda qochib chiqib ketgan. Bu vaqtda tong otayotgan bo‘lgan hamda tashqi kuzatuv kamerasi har ikki shaxsni tasvirga tushirgan - ular ikkinchi qavatdagi derazadan qochib tushgan.

- Har ikki erkak markazda 2019 yil 14 yanvardan beri o‘tirishgan va uyga jo‘natilishini kutishgan, - dedi Ufa1.ru manbasi.

- Ikki nafar chet ellik fuqaro o‘zlari saqlangan markazdan ruxsatsiz chiqib ketishgan. Bundan avval ularga nisbatan mamlakatdan chiqarib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilingandi. Hozirgi paytda ular topildi va markazga qaytarildi, - deya ma'lum qilishgan Boshqirdiston IIVda.

Siroj Nazirov
Radik Botirov

 

Teglar