UFC umumiy reytingi peshqadami chempionlik kamaridan voz kechdi

  • 12:18 / 01.06.2020
  • 201

UFC’ning eng yaxshi jangchilari reytingi yetakchisi Jon Jons yarim o‘rta vazn chempionligidan voz kechdi. Amerikalik jangchi bu haqda o‘zining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb yozmoqda Chempionat nashri.

“Dominik Reyes va Yan Blaxovich o‘rtasida kamar uchun jang tashkil qiling. Ayni paytda men ularga qarshi jangdan hech narsa olmayman. Yigitlar, agar siz 2021-yilda men bilan oson jang tashkil qilishni xohlasangiz, menga xabar bering. Umid qilamanki, bu vaqtga qadar menga pul to‘lashga tayyor bo‘lasiz”, deb yozadi Jons.

Qayd etilishicha, shundan so‘ng sportchi bu fikrlar uning chempionlik kamaridan voz kechishini anglatishini tasdiqlagan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Jon Jons og‘ir vazn toifasidagi UFC jangchisi Frensis Ngannuni jangga chorlagani haqida xabar bergandik.

Teglar