UFC’ning sobiq chempioni Mayk Taysonni jangga chorladi

  • 09:36 / 22.05.2020
  • 751

UFC’ning og‘ir vazn toifasi sobiq chempioni 41 yoshli Andrey Arlovski Mayk Taysonni maxsus qoidalar asosida jang qilishga chorladi
 
“Tayson afsonadir. Yoshligimda uning janglari tasvirlangan plakat xonamga ilingan edi. 

To‘g‘ri, men unga qarshi boks qoidalari bo‘yicha to‘liq jangga tayyor emasman. Agar bitta raund boks va bitta raund MMA bo‘lsa, unda u bilan jang qilish mumkin”, deydi Arlovski Sports.ru nashriga bergan intervyusida.
 
Qayd etilishicha, Arlovski bir necha yil oldin boks bo‘yicha jahon miqyosidagi murabbiy Freddi Roach bilan mashg‘ulot o‘tkazgan. “Wild Card Boxing Club”da Roach rahbarligi ostida Arlovski boks ko‘nikmalarini sezilarli darajada yaxshilagan.

Oldinroq professional boksning og‘ir vazn toifasida 4 karra jahon chempioni Evander Xolifild Mayk Taysonni ringga chorlagani haqida xabar bergandik.