Umberto Ekoning hamisha xotirada qoluvchi hikmatli so‘zlari

  • 12:37 / 07.03.2016
  • 19429

Umberto Eko yozuvchilik — bu uning vaqtinchalik ishi ekanligini ko‘p bora ta'kidlar edi. «Men faylasufman. Hikoyalarni faqat dam olish kunlarida yozaman», - deya tan oldi Eko. Shunga qaramay, uning asarlari chinakam voqeaga aylandi va hozirda klassikaning nodir durdonalari qatoridan joy oldi. U 2016 yil 19 fearal kuni 84 yoshida olamdan o‘tdi.

Hozir Umberto Ekoning sevimli asarlaridagi hayotimizda as qotishi mumkin bo‘lgan iqtiboslarini yodga olamiz:

Nimadir haqida so‘zlay turib, sen uni haqiqatga aylantirasan.

Barcha ham o‘z yulduzi ostida tug‘ilmaydi, insoniy bo‘lib yashashning yagona yo‘li –bu o‘z munajjimingni to‘g‘irlab borish.

Ezgulik va yovuzlik... Kimlar uchundir ezgulik –boshqalar uchun yovuzlik. Ammo sehrli ertaklardagi sehrgar va yalmog‘iz o‘rtasidagi farq – bu yosh va tashqi ko‘rinish masalasi. 

...Har kim o‘z sharoitidan kelib chiqib noliydi. Kimdaki nima bo‘lsa, o‘sha narsa haqida noliydi. 

Bu qanday maynavozchilik bo‘ldiki, seni hech kim haydab yubormagan joyda quvg‘inlikda yashasang.

Aybdor odamni tezda kechirishadi, ammo achchiq haqiqatni so‘zlagan kishini u mutlaqo haq bo‘lsa ham kechira olishmaydi. 

Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, hech nima haqida afsuslanmaydigan kishida yaxshiroq inson bo‘lish istagi ham bo‘lmaydi. 

Bilimli bo‘lish, aqlli bo‘lishni anglatmaydi. Ammo hozirgi kunda taniqli bo‘lishni barcha istaydi va o‘z ahmoqligini namoyishga qo‘yadi. Nima ham derdik, avvallari ahmoqlik o‘zini namoyish etmas edi, bizning zamonda esa u qo‘zg‘alon ko‘tarmoqda.

Yodda tuting, qonun ostida barchamizga nimalardir bitilgan bo‘ladi, biz ularga so‘ramaganimiz uchun ega bo‘la olmaymiz. 

Tabiat belgilab qo‘yilmagan, vaqt – tabiatga befarq. Vaqt – g‘arbning ixtirosi. 

Yangi o‘ylab topilayotgan olam, oxir-oqibat, biz yashayotgan dunyoning o‘zgarishiga olib keladi.

Inson oddiy narsadan juda tez charchaydi.

Ba'zida tarixda qolish uchun bir necha ma'nisiz so‘zlarni aytish kifoya.

Men buni bugun kechasi tushunib yetdim: kitobxon o‘zida haqiqatni anglashi uchun yozuvchi vafot etishi zarur.