Unutib qoldirilgan 500 ming dollarni egasiga qaytargan taksichi

  • 04:08 / 26.09.2016
  • 9183

BAAning Sharja shahrida taksichi bir tadbirkor unutib qoldirgan, ichida 1,7 mln dirxam (500 ming dollar) bo‘lgan papkani egasiga qaytarib berdi, deb xabar bermoqda The National nashri.

Pokistondan bo‘lgan haydovchi papkani Sharja aeroportidan Janubiy koreyalik tadbirkorni Dubayga yetkazib qo‘ygandan keyin mashinasida aniqlagan. U darhol bu haqda politsiyani xabardor qilgan. Politsiya o‘z navbatida papka egasini topgan.     

30 yoshli taksichi o‘zining bu olijanob ishi uchun Sharja yo‘llar va transport boshqarmasining minnatdorchilik yorlig‘i va 3 ming dirxam (820 dollar) bilan mukofotlandi. Mukofot pulining uchdan bir qismi papka egasi, qolgan ikki qismi esa yo‘l boshqarmasi tomonidan berilgan.

Ta'kidlanishicha, o‘tgan yili ham xuddi shu taksichi ichida 13 ming dollar bo‘lgan papkani uning egasi – Eron fuqarosiga qaytarib bergan. 

Teglar