Uorren Baffetning yettita hayotiy maslahati

  • 14:37 / 06.05.2015
  • 5024

XABARDOR.UZ: Mashhur investor Uorren Baffet Richard Ivey biznes maktabining MBA dasturi talabalari bilan uchrashdi va ularga bir necha hayotiy maslahatlar berdi. Ular quyidagilardan iborat:

Muvaffaqiyat kaliti hissiy barqarorlikdir. Boyib ketish uchun IQ ning yuqori ko‘rsatkichi kerak emas.

O‘zingizga sarmoya qiling, o‘z iste'dodingizni rivojlantiring va kuchsiz tomonlaringiz ustida ishlang. Investitsiya deyilganida har doim ham kollejdagi o‘qish pulini to‘lash tushunilmaydi. Menda ikkita diplom bor, men ularni devorga osib qo‘ymayman, hatto qayerdaligini ham bilmayman. Jon Mellor bir tajriba o‘tkazdi: bir guruh talabalar universitetga borishardi, qolgan ikkinchi qism esa o‘z vaqtini plyajda o‘tkazardi. Ularning natijalari u qadar farq qilmadi. Natija har doim u yoki bu talabaning o‘z sifatlarini qay darajada rivojlantirishiga bog‘liq bo‘lgan.

Bu pulga qaraganda muhimroq. O‘z ishtiyoqingizni aniqlang. Siz uni ko‘rganingizda aniq bilasiz. Men ishtiyoqi ortidan borib, muvaffaqiyatga erishmagan bitta ham insonni uchratmaganman. Otam inson o‘z ichki vazifasini bilishi va hayotda u bilan qanchalik to‘g‘ri borayotganini tekshirib turishi kerakligini aytardilar. Bu haqiqatan ham qoniqish olib keladigan ish bilan shug‘ullanish imkonini beradi.

Kursdoshlaringizni kuzating. Sifatlari sizga yoqadigan, “sotib olish”ni istagan yoki sifatlari sizga xush kelmaydigan, “sotib yuborish”ni istagan ikkita kursdoshingizni tanlang. Ularning sifatlarini qog‘ozga yozib chiqing. Shunga amin bo‘lasizki, ular tug‘ilganidan mazkur sifatlarga ega bo‘lmagan, balki hayot davomida rivojlantirilgandir. Ularni yozib chiqing va ro‘yxatga amal qiling.

Agar sizga bir dona mashina tanlash imkoniyati berilganida qaysi mashinani tanlagan bo‘lardingiz? Bu hayotingizdagi yagona mashina bo‘lar edi. Tanangiz bilan ham xuddi shunday. U haqida qayg‘uring, unga yaxshi yoqilg‘i quying, u bilan yaxshi munosabatda bo‘ling – hayotingiz davomida faqat bir dona mavjud bo‘ladi.

Darhaqiqat, men hayotdagi eng muhim qaror – yaxshi turmush o‘rtog‘ni tanlashda deb bilaman. Unutmang, Amerikada tug‘ilganingiz omadingizdir.

O‘z prinsiplaringizga to‘g‘ri keladigan ishni tanlang. Sizda qayd qilish hissini uyg‘otadigan madaniyatga ko‘nikishni istmaysizku. Ishtiyoq hissini uyg‘otadigan ishni topishingiz kerak. Bu murakkab emas, gap hayotingizdagi ilk faoliyat to‘g‘risida ketyapti. Unda pul uchun ishlamang. Fahrlanish hissini uyg‘otadigan insonlar bilan ishlashingiz kerak. Biz bir marotaba yashaymiz. Qattiq bosim ostida ishlagani tufayli natijalarni o‘zgartirib, yillik natijalarni yaxshilash uchun maxsus rag‘batlarni o‘ylab topadigan insonlar bilan ishlashdan qoching. Sizni chorak natijalari bo‘yicha baholashlarini istmaysizku.

Muvaffaqiyatga erishgan insonlarning maslahatlari hayotimizda doim asqotadi. Chunki ular omadga erishish uchun uzoq va ba'zida mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tganlar. Ularning maslahatlariga amal qilsak, biz uchun foydali bo‘lganlarini “qulog‘imizga ilib olsak” zarar qilmaydi.

Teglar