Uringan meva nega qorayadi?

  • 15:07 / 07.11.2019
  • 35

Foto: ALAMY / LEGION-MEDIA

Mutaxassislarning ma’lum qilishicha, uzilib tushgan, uringan meva hujayralarining devori lat yeydi. Natijada hujayra tarkibida mavjud polifenollar turli fermentlar uchun ochiq bo‘lib qoladi. Polifenollarning oksidlanishi, ya’ni kislorod bilan reaksiyaga kirishishi natijasida yuzaga kelgan moddalarning ko‘pchiligi qoramtir bo‘ladi. Qorayish esa zamburug‘ hamda bakteriyalar sabab kuchayishi mumkin, deya ma’lumot bergan vokrugsveta.ru .