“Usmanov Kombat Sistems” federatsiyasi Toshkent shahar bo‘limiga rais saylandi  

  • 19:40 / 06.04.2021
  • 68

Bugun, 6-aprel kuni Toshkent shahrida “Usmanov Kombat Sistems” federatsiyasi a’zolarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda federatsiya rivoji uchun qilinadigan ishlar, sport musobaqalari, professional sportchilarni tayyorlash kabi mavzularda so‘z yuritildi. Shuningdek, Federatsiyaning Toshkent shahar bo‘limi raisi etib, sport ustasi Asadulla Jo‘rayev saylandi.
Yig‘ilishda “Usmanov Kombat Sistems” federatsiyasi prezidenti Fahriddin Usmanov hamda Toshkent shahar “Unifight” federatsiyasi raisi Sunnat Gʻofurovlar qatnashdi.

Ma’lumot uchun, World Usmonov.s Combat Systems Association (WUKSA) ko‘rinishidagi xalqaro yakkakurash assotsiatsiyasiga o‘zbekistonlik Faxriddin Usmonov asos solgan.
Mazkur tashkilot 2019-yil 18-noyabrda Xalqaro sharq yakkakurashlar assotsiatsiyasi tomonidan tan olingan.