Utrextda rassomlar turar-joy binosini ulkan kitob javoniga aylantirishdi

  • 12:11 / 18.04.2019
  • 2401

Ajoyib strit-art (ko‘cha san'ati) yaratuvchi iste'dodli gollandlar Dif Fid va Yan Is De Man Utrextdagi ko‘p xonadonli inshoot egasiga murojaat qilishdi va unga uyning bir qismiga rasm chizish va uni mahalliy yodgorlikka aylantirishni taklif etishdi. Shundan so‘ng yigitlar ijod qilishni boshladilar.

Ularda binoni ulkan kitob javoniga aylantirib, batamom o‘zgacha ko‘rinishga keltirish g‘oyasi paydo bo‘ldi. Uyda yashovchilar uchun qimmatli va g‘aroyib bo‘lishi uchun ulardan o‘zlarining sevimli kitoblari nomini aytish so‘raldi. Fasadga surat solish jarayonida ana shu ma'lumotdan foydalanishdi.

Teglar