Uxanga koronavirus qaytdi

  • 12:30 / 10.05.2020
  • 3627

Xitoyning Uxan shahrida yana koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Bu haqda Xubey provensiyasi sog‘liqni saqlash qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemorning ahvoli og‘ir. Ushbu bemorda dastlab simptomlar aniqlanmagan, lekin keyinchalik uning holati o‘zgara boshlagan.

Xubeyda ayni paytda virusni simptomsiz tashuvchi 616 kishi shifokorlar nazorati ostiga olingan.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyi oxirida Uxan shifoxonalarida koronavirusdan davolanayotgan barcha bemorlarga ruxsat berilgan edi. Eng oxirgi bemor 77 yoshli janob Din ham uyiga qaytgani xabar qilingandi

Ma’lumot o‘rnida, koronavirus infeksiyasining tarqalishi dekabr oxirida aynan Uxan shahrida boshlangan edi. Hozirga qadar Xubey provinsiyasida jami 68129 kishida koronavirus aniqlangan, 4512 bemor vafot etgan.