Uydan chiqmay turib, dunyo kezishning 7 ta usuli

  • 11:58 / 05.09.2021
  • 274

Dunyoda 197 ta mamlakat, 2,7 million shahar, 90 ta dengiz va 5 ta okean mavjud. Har biriga sayohat qilish uchun umringiz yetmaydi. Yetgan taqdirda ham, cho‘ntagingiz ko‘tarmaydi. Biroq dunyo bo‘ylab sayohatni kechiktirishga sabab yo‘q. Axir, texnologiyalar asrida yashayapmiz. Uyingizda turib ham, istagan joyingizni ko‘ra olasiz. Keling, buning uchun qanday usullar borligini aniqlab olamiz

1.   Google Street View

Larri Peyj va Sergey Brin, shubhasiz, ishbilarmonlardir. Ular dunyoni yana-da o‘zgartirishmoqda. Google Glass’ni hisobga olmasak ham, ularning barcha yangi texnologiyalari mukammal ishlaydi va biz, siz va hatto kattalar ham ularni har kuni ishlatamiz. GSV esa – ofis ishchilarining eng sevimli ko‘ngilxushliklaridan biri. Siz uchun esa bu Kopengagen bo‘ylab yurish, Pasxa oroliga sayr qilish va hatto Afrika qabilalarining hayotiga nazar solish imkoniyatidir. 

2.  Hujjatli filmlar  

Oddiyroq usul, lekin bu ekskursiyaga borish, ko‘pgina yangi va qiziqarli narsalarni o‘rganish, pulni isrof qilmaslikning eng yaxshi usullaridan biridir. Yirik korporatsiyalar (masalan, BBC, NG) har yili poytaxtlar va ajoyib joylar haqida o‘nlab hisobotlarni nashr etadi. Masalan, sayohat agentligining broshyurasidan Chengdu haqidagi ma’lumotga ega bo‘lolmaysiz. Bu joy pandalarni o‘rganadigan o‘quv markazi va qo‘riqxonadir. Hujjatli filmlardan shunday narsalarni bilib olishingiz mumkin. 

3.  Video-o‘yinlar
Zamonaviy o‘yinlardagi realizm ba’zan odamni qo‘rqitadi: “Total War” seriyalari bo‘yicha tarixiy dissertatsiyalar himoya qilinadi, Sims liniyasida dizaynerlar o‘qitiladi, “Sokin qotillar birodarligi” o‘yinlari esa – Italiya, Turkiya va Amerika shaharlarining o‘rta asr ko‘chalari haqidagi xarita bo‘lib xizmat qiladi. Dizaynerlar tegishli joylariga g‘isht va toshlarni qo‘yib, ko‘chalarni fotosuratlardan bittama-bitta chizib olganga o‘xshaydi. “Yangi o‘rgimchak odam”da Nyu-York shunchalik ishonarli chiqqanki, ba’zan uni haqiqiysidan ajratish qiyin. 

4.  Layv-strimli saytlar  

Bular Internetda yetarli – ular urfga kirgan. Siz Dublindan Kanberragacha bo‘lgan poytaxtlar hayoti to‘g‘risidagi jonli efirni tomosha qilishingiz mumkin. Ba’zi kameralar ovoz ham uzatadi. Ammo faqatgina ko‘chalarni tomosha qilish bilan cheklanmaysiz: okean sohillarida, mayoqlarda, hatto zavodlarda kameralar turadi – ular orqali go‘zal hayot kechirishingiz mumkin. 

5.  Musiqa

Shahar shovqinini musiqiy audiofayllar orqali ushlash qiyin, ammo ularning atmosferasini biroz bo‘lsa-da his qilishingiz mumkin: ishonmasligingiz tabiiy, ammo har bir poytaxt bu borada butunlay o‘zgacha. Divanga o‘tiring, odeyalga o‘ranib oling, sevimli kitobingizni ochib, musiqadan zavqlaning. 

6.   XKS kameralari 

Hali bilmasligingiz mumkin, Xalqaro kosmik stantsiyada kameralar o‘rnatilgan. Ular kun bo‘yi sodir bo‘layotgan voqealarni translyatsiya qiladi. Eshittirishlar sun’iy yo‘ldoshlar tomonidan ham olib boriladi – ular orqali qit’alar, tog‘lar va dengizlarni kuzatishingiz mumkin. 

7.   Onlayn-turlar

Ushbu ko‘ngilxushlik allaqachon pulli bo‘lgan, ammo siz bepul variantlarini topishingiz mumkin. Ba’zi xizmatlar sun’iy yo‘ldosh hech qanday yo‘l bilan yetib bormagan, GoPro-da suratga olingan, real saytlardan kam bo‘lmagan videomateriallarni tadqim etadi. Qoyalar va sharsharalar, tog‘ tizmalari hamda suvosti riflari – xullas, butun dunyo monitoringizda gavdalanadi. Bunday sayohatning hech qanday xavfi yo‘q. 
Har qanday joyni o‘z ko‘zing bilan borib ko‘rishga hech narsa yetmaydi. Ammo bu usul hammaga ham mos kelavermaydi. Moliyaviy ahvol, salomatlik, yosh, oilaviy sharoitlar – bularning hech biri nimanidir o‘rganishga to‘sqinlik qilmasligi kerak. Axir, buning uchun hamma narsa muhayyo: bu materialni o‘qiyotgan bo‘lsangiz, demak, internetingiz ham mavjud.